AsosiyJamiyat

Sinoptiklar bu hafta kutilayotgan ob-havo haqida xabar qildi

'Sinoptiklar bu hafta kutilayotgan ob-havo haqida xabar qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun va ertaga O`zbekistonda ob-havo sharoitini Qozog`istonning shimoliy hududlari ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Surxondaryo viloyatida bugun kunduzi qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Bugun kunduzi ba`zi joylarda va 15 dekabrga o`tar kechasi Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog`adi.

Respublikaning barcha hududlarida sovuq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo`ladi, bu iqlimiy me`yordan 7-9 darajaga pastdir.

16 dekabrdan 18 dekabrgacha antisiklonning sovuq periferiyasi kuchsizlanib, shimoli-sharqqa chekina boshlaydi. Shu kunlarda respublikaning barcha hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko`tariladi va ish haftasi oxiriga kelib iqlimiy me`yorlarga yaqinlashadi. 18 dekabrga kelib, sovuq kechasi 0-2 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduzi esa havo 7-10 darajagacha isiydi, deyilgan sinoptiklar xabarida. 

    Boshqa yangiliklar