Bugun, 14 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasining videokonferens aloqa tarzidagi navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda bu yilgi davlat byudjetidan ajratilgan katta miqdordagi mablag`lar aynan qaysi sohani rivojlantirish uchun sarflandi, o`tgan yili tasdiqlangan “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun ijrosi qay darajada ta`minlandi, inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi mablag`lari qaerga, nima uchun sarflandi kabi savollar yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig`ilishni parlament quyi palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Haitov kirish so`zi bilan ocharkan, davlatimiz rahbarining vohaga tashrifi doirasida qishloq xo`jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishilgani, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazilganini ta`kidladi. Xususan, Xorazm viloyati faollari bilan o`tgan yig`ilishda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilinib, har bir shahar va tuman, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, “o`sish nuqtalari” belgilanganini qayd etdi.
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan loyihani pishiq-puxta qilish bo`yicha bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, uzoq tortishuv, baxs-munozaralardan so`ng qonun loyihasi navbatdagi o`qishga kiritiladigan bo`ldi.
So`z va axborot erkinligini ta`minlash, shaxs, davlat va jamiyatning axborot xavfsizligi, fuqarolarning axborot huquqlarini himoya qilish bilan bog`liq munosabatlar, shuningdek barqaror milliy axborot makonini yaratish zamonaviy jamiyat hayotida muhim rol o`ynaydi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasining asosiy maqsadi – dolzarb, ishonchli va jamiyat uchun muhim bo`lgan axborotni erkin tarqatish jarayonlariga ko`mak beradigan amaliy huquqiy mexanizmlarni yaratish, ommaviy axborot vositalari erkinligi va jurnalistlarning professional faoliyatining himoyasi to`g`risidagi qonunchilikni himoyasini ta`minlashdan iboratdir.
Yig`ilishda fraksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.






