AsosiyJamiyat

Transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug`urta qilish bo`yicha qoidalar tasdiqlandi

'Transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug`urta qilish bo`yicha qoidalar tasdiqlandi'ning rasmi

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha qoidalar tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qilmoqda.

“Elektron turdagi sug`urta xizmatlarini ko`rsatish tartibini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, elektron turdagi sug`urta xizmatlari (E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 iyulgacha yagona axborot tizimi tarkibida "E-polis"larni sotish va rasmiylashtirish bo`yicha tegishli axborot modullari joriy etiladi.

 Qaror bilan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari tasdiqlandi.

Unga ko`ra, E-polisni sotish, rasmiylashtirish elektron ma`lumot almashish orqali sug`urta qildiruvchi bilan sug`urta tashkiloti o`rtasida amalga oshiriladi.

 2021 yil 1 martdan Moliya vazirligi sug`urta tashkilotlari bilan birgalikda Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi.

E-polis qog`oz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtirildi.

    Boshqa yangiliklar