AsosiyJamiyat

Sherobodda Cobalt rusumli avtomobil ag`darilib ketdi(video)

'Sherobodda Cobalt rusumli avtomobil ag`darilib ketdi(video)'ning rasmi

Sherobod tumanida yashovchi fuqaro Toshkent-Termiz yo`nalishidagi M39 xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo`lida tezlikni oshirishi, yo`lning bir yoqlama ekanini inobatga olmagani, shuningdek, yo`l chiroqlar bilan yoritilmagani sabab avtohalokatga uchragan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Buning oqibatida Cobalt rusumli avtomobil ag`darilib ketgan, natijada haydovchi olgan og`ir tan-jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan, mashina salonidagi bir fuqaro esa hodisa ro`y berishi avvalida mashinadan tushib qolishga ulgurgan.

Yo`lni ta`mirlash ishlari ketayotgani sababdan yo`lda bir yoqlama harakat ketayotgan bo`lsa-da, haydovchi tezlikni pasaytirmagan. 

Toshkent-Termiz yo`nalishidagi M39 xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo`li O`zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan ta`mirlanish ishlari boshlangan. Mas`ullar kelgusida bu kabi hodisalar sodir bo`lmasligi uchun yo`lga yoritish moslamalari o`rnatilishi rejalashtirilayotganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar