AsosiyJamiyat

Toshkentda 15 kun avval uyi yonib ketgan oilaga qariyb 46 million so`m mablag` yig`ib berildi

'Toshkentda 15 kun avval uyi yonib ketgan oilaga qariyb 46 million so`m mablag` yig`ib berildi'ning rasmi

Shu yil 30 noyabr kuni Chilonzor tumani “Katta Do`mbrobod” ko`chasi 216-uyda yong`in bo`lgan. Barcha ashyolar qatori 3 nafar norasida bolaning kiyimlarigacha yonib ketgan. Shuningdek, bu erda (akasining uyida) nogiron uka ham yashar ekan. Ana shu musibat ko`rgan xonadonga yordam qo`li cho`zildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo`limi mudiri Muhammadnazar domla Qayumov xabar qilmoqda. 

"Voqeadan xabar topgach, juma namozi oldi noiblarim bilan musibatga uchragan xonadonga borib, ularga tasalli berib keldik. Juma namozidan keyin xatni namozxonlarga o`qib berib, imkon qadar musulmonlik vazifamizni tushuntirdim.

Shundan so`ng masjidga kelgan azizlarning sahovati bilan yong`indan aziyat chekkan oilaga 612 AQSh dollar va 39 825 000 so`m jami 45 975 600 so`m yig`ildi. Alloh xayru sadaqa qilganlardan rozi bo`lsin, ajru savoblarini ko`paytirib bersin.

Kunning ikkinchi yarmida jumadan so`ng boshiga tashvish tushgan oila ayoli omonatni olib, ehson qilgan barchaning haqiga duo qilib: “Allohga shukr, aziz xalqim omon bo`lsin” deb yig`lab yubordi, boshqa gapirolmadi..."

 

 

    Boshqa yangiliklar