"Avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatini onlayn ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Unga ko`ra, 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalari oynalarining tusini o`zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatini ko`rsatish faqat onlayn tarzda O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o`rinlarda — YaIDXP deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining “Davlat boji to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o`zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo`yicha davlat xizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig`imlar va boshqa to`lovlar to`lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to`lanadi.






