AsosiyJamiyat

Sirdaryoda IIB xodimini do`pposlagan ikki fuqaro qamoqqa olindi

'Sirdaryoda IIB xodimini do`pposlagan ikki fuqaro qamoqqa olindi'ning rasmi

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2020 yilning 29 noyabr kuni tungi soat 01-00larda Guliston shahar Bahor mahallasi Toshkent yo`li ko`chasida joylashgan “Safina” nomli kafeda janjal sodir bo`lgan.

Kelib tushgan xabariga asosan, voqea joyiga ushbu mahalla profilaktika inspektori etib boradi. Inspektor Guliston shahar IIO FMBda, ma`muriy nazoratda turuvchi, “Safina” kafesini ish yurituvchisi bo`lib ishlovchi fuqaro D.S hamda uch nafar notanish shaxslar birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirganligini ko`rib, ma`muriy nazorat ostida turgan D.S ning ma`muriy nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirganligi sababli ular o`tirgan joyni o`zining telefon apparati bilan fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularni 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.

Shu vaqtda, IIb xodimining oldiga mast holatda bo`lgan fuqaro K.L hamda ma`muriy nazorat ostida bo`lgan D.S kelib, birgalikda xodimga nisbatan nosamimiy qo`pol munosabatda bo`lib, ikkalasi birga profilaktika inspektorini bosh, yuz qismi va badanini turli joylariga urib-tepib tan jarohati etkazishgan hamda profilaktika inspektorining telefon apparatini olib, erga urib sindirib yaroqsiz holatga keltirishgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L va D.S larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi sifatida O`zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar