Hozirda bu bo`yicha Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo`limlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan aliment qarzdorliklarini muddatida undirish, shu bilan bir qatorda aliment bo`yicha tomonlarni targ`ibot va tashviqot yo`li bilan kelishtirib,imkoni bo`lsa oilalarni tiklash choralari ko`rilmoqda. Bu haqda Darakchiga MIB xabar bermoqda.
Joriy yilning 18 chi noyabr kunidan boshlangan tadbirlar natijasida Toshkent viloyatida 479 ta oila yarashtirilib, aliment bo`yicha 2 mlrd 850 mln karzdorlik undirildi.
Shu bilan bir qatorda 269 ta qarzdor ota ishga joylashtirildi.






