Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev yozmoqda.
Unga ko`ra, 2020 yil davomida O`zbekiston Respublikasi (O`zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O`zbekiston Respublikasi kafolati ostida tashqi qarz jalb etish bo`yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 5.5 mlrd. AQSh dollari, shundan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qo`llab-quvvatlash va loyihalarni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lmagan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2.5 mlrd. AQSh dollarigacha miqdorda belgilanmoqda.
Amaldagi 2020 yil Davlat byudjetida tashqi qarzni jalb etish bo`yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan hajmi 4 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilangan edi.
Mazkur o`zgarishlar pandemiya sharoitidagi kutilmagan ijtimoiy iqtisodiy vaziyat bilan bog`liq ekanligi bilan asoslanadi.






