AsosiyJamiyat

Sherzod Qudratxo`jaev o`z familiyasidagi ruscha qo`shimchadan voz kechdi

'Sherzod Qudratxo`jaev o`z familiyasidagi ruscha qo`shimchadan voz kechdi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo`jaev o`z familiyasidagi –ev qo`shimchasidan voz kechdi.

U «O`zbekiston 24» radiokanali efirida bu haqida izoh berar ekan, endi o`zligini topganini va bundan buyon uning sharifi Qudratxo`ja deb yuritilishi ma`lum qilgan. 

– Men hozirgina Davlat xizmatlari agentligida o`z huquqimdan foydalanib shuni rasmiylashtirdim, – dedi Qudratxo`ja Sherzodxon Tojiddinxon o`g`li. – Biz o`zligimizni anglamas ekanmiz, milliy g`ururni his qilmas ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz, dedi Sh.Qudratxo`jaev. 

 

    Boshqa yangiliklar