OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzaxdagi binosini kapital ta`mirlab, pulini ololmayotgan tadbirkorning ochlik e`lon qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarlarga ko`ra, Jizzax shahrida Yoshlar innovasion markazini qurgan quruvchining 9 mlrd so`m haqi bir yarim yildan beri to`lab berilmayotgani aytilgan edi.
Yoshlar ittifoqining ma`lum qilishicha tadbirkor binoni "Yoshlar qurilish invest" MChJ buyurtmasi asosida kapital ta`mirlagan. Va hozirda ushbu masala o`z echimini topgan.
Bugun "Yoshlar qurilish invest" MChJ hamda “Jizzax real qurilish ta`mir” MChJ o`rtasida “Kelishuv bitimi” imzolangan. Unga ko`ra, "Yoshlar qurilish invest" MChJ rahbari investorlardan to`liq haqini olgan.






