Gʻuzor tumanining sobiq hokimi sudyaga bosim o‘tkazgani uchun lavozimidan bo‘shatilmagan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligining Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 10 dekabr kuni AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo`min Yodgorov "xabar.uz" internet-nashri muxbiriga "G`uzor tumanining sobiq hokimi sudya faoliyatiga aralashgani uchun vazifasidan ozod etilgan", deya ta`kidlagan.
Joriy yilning 10 aprel kuni o`tkazilgan Xalq deputatlari G`uzor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sa`dulla Babaqulov sog`ligidagi surunkali muammolar sababli o`z arizasiga asosan, vazifasidan ozod etilgan.
Sudyalar oliy kengashi raisi X.Yodgorov ta`kidlaganidek, S.Boboqulov ishi bo`yicha xizmat tekshiruvi o`tkazilgan bo`lishi mumkin. Ammo, sobiq hokimni ishdan olinish vaqtida xizmat tekshiruvi yoki uning natijasi haqida xabar berilmagan.






