AsosiyJamiyat

Byudjet xodimlariga 1 yanvardan moddiy rag`batlantirish puli to`lanadi

'Byudjet xodimlariga 1 yanvardan moddiy rag`batlantirish puli to`lanadi'ning rasmi

2021 yil 1 yanvardan boshlab, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi, OTMlarning moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishi davom etadi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

2020 yil davlat byudjeti barqarorligini ta`minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo`yicha hukumat qarori bilan 2021 yil 1 yanvarga qadar moddiy rag`batlantirish to`lovlarini hisoblash to`xtatilgandi. 

Tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalar, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to`lashning 1-3 razryadlari qo`llaniladigan xodimlar bundan mustasno bo`lgan.

Manbaning bildirishicha, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi, OTMlarning moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda direktor jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`lovlar hisoblanishi to`xtatib turilishiga oid hukumat qaror loyihasi tayyorlanmagan. 

«To`lovlar hisoblanishi to`xtatilgandi, u dastlab oktyabr oyigacha, keyin yil so`ngiga qadar amal qildi. Ayni paytda muddatni yana uzaytirish bo`yicha biror harakat yo`q, Demak, hukumatning amaldagi qarori bo`yicha to`lovlar hisoblanishini to`xtatib turish 1 yanvardan keyin bekor qilinadi», — deydi manba. 

Ma`lumot uchun, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarni moddiy rag`batlantirish Moliya vazirligining 1995 yilda qabul qilgan nizomi bilan tartibga solinadi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar