Facebook ijtimoiy tarmog`i “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilaridan biri guruhga bundan taxminan yarim soat oldin sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasidan fotoxabar qoldirdi.

Suratda Toshkent shahri O`zbekiston ko`chasidagi yo`lning to`sig`iga urilib ketgan va oldi tomoni pachoqlangan oq rangli Cobalt avtomobilini ko`rish mumkin. Yo`l-transport hodisasi O`zbekiston ko`chasi Uz bouling binosi qarshisida yuz bergan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma`lumot yo`q.

Suratda hodisa joyiga YPX xodimlari etib kelgani tasvirlangan. Demak, YTH sabablari o`rganilmoqda.





