Andijon viloyati hokimligi binosida davom etayotgan sessiyada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni kunlarning eng og`riqli muammolariga ham e`tibor qaratib, ba`zi kamchiliklarga izoh berib o`tdi.
BULAR FAQAT REJALAR IJROSI
— Hamma sharoitni yaratib qo`yibmiz, demayapman. Yillik rejalarni taytyapman. 2020 yilda 500 km elektr uzatish tarmoqlari va 266 dona transformator punkti o`rnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 1 ming 585 km elektr tarmoqlari va 581 dona transformator punktlarini mukammal ta`mirlash, shuningdek, 3 ming 170 km elektr uzatish tarmog`i va 1 ming 162 dona transformator punktlarini joriy ta`mirlash to`liq yakuniga etkazildi.Natijada 150 mingdan ortiq aholi xonadonlari, 300 taga yaqin ijtimoiy soha ob`ektlari hamda tadbirkorlik sub`ektlarining elektr energiyasi ta`minoti yaxshilandi.2021 yilda jami 93 mlrd. so`m mablag` ajratilib, 771 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 438 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi natijasida 170 mingdan ortiq aholi xonadonlari, 350 taga yaqin ijtimoiy soha ob`ektlari hamda tadbirkorlik sub`ektlarining elektr energiyasi ta`minoti yaxshilanadi.
GAZ TA`MINOTIDAGI MUAMMOLAR
— Shuni ham ta`kidlash kerakki, Andijon viloyatiga tabiiy gaz magistral gaz quvurlari orqali Buxoro viloyatidan o`rtacha 2 ming km masofadan etkazib beriladi. Vodiy viloyatlari ichida Andijon viloyati magistral gaz quvurining oxirgi hududida joylashganligi sababli hozirda gaz ta`minotida uzilishlar yuzaga kelmoqda.Magistral gaz quvurlarida loyihaviy gaz bosimi 17-20 kilogramm bo`lishi belgilangan bo`lsada, amalda noyabr-dekabr oylarida 3-5 kilogrammgacha pasayishi kuzatildi.Andijon viloyatida 587 ming xonadon bor 2015 yilgacha 487 ming xonadon gazlashtirilgan. 287 ming xonadonga “Uztransgaz” gaz etkazib berishi kerak edi. Lekin bugungi kunda 246 mingdan 71 ming xonadonga etarli gaz etkazib berolmayapti.
QILINGAN VA QILINADIGAN IShLAR
— Joriy yilda 2,5 mlrd. so`m mablag` evaziga namunaviy loyihadagi uy-joylarni gazlashtirish uchun rejadagi 9,8 km gaz tarmoqlaridan 8 km qismida qurilish ishlari amalga oshirilgan bo`lsa, 1,5 km aholi gaz quvurlarini kapital ta`mirlash va rekonstruksiya qilish to`liq yakunlandi. Bundan tashqari, aholiga 54,5 ming tonna suyultirilgan gaz hamda 26 ming dona gaz ballonlari etkazib berildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 8 mingga yaqin aholi xonadonlari va 52 ta ijtimoiy soha ob`ektlari hamda tadbirkorlik sub`ektlarini tabiiy gaz ta`minoti yaxshilanadi. 2021 yilda aholi iste`molchilarining gaz ta`minotini yanada yaxshilash maqsadida 11,5 km yangi gaz tarmoqlari qurish, 5,5 km gaz tarmoqlarini ta`mirlash hamda 1,5 km gaz quvurlarini kapital ta`mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish ko`zda tutilmoqda. Ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda, aholi gaz ta`minotini yaxshilash maqsadida avtomobillarga gaz quyish shahobchalari hamda boshqa ulgurji iste`molchilarga gaz berilishi vaqtincha to`xtatilib, bundan iqtisod qilingan kunlik o`rtacha 200 ming metr kubgacha bo`lgan tabiiy gaz aholi iste`molchilariga yo`naltirilmoqda. Hozirda Energetika vazirligi, “O`ztransgaz” hamda “Hududgazta`minot” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan belgilangan hajmda tabiiy gaz bilan ta`minlash choralari ko`rilmoqda.
ESKI KO`MIR YaNGISIGA ALMAShTIRIB BERILADI
— Hozir Angrenda ishlab chiqarilayotgan ko`mir mahsulotlarining sifati ancha yaxshilangan. Ijtimoiy soha ob`ektlari(maktab, bog`cha, shifoxona)da oldindan qolib ketgan sifatsiz ko`mir bo`lsa, ularni aktini qilib, sifatlisiga almashtirib beryapmiz. Bu bo`yicha muammo yo`q.
Sardorbek Rahmonqulov
Mavzuga oid:
“Bu raqamlarda yolg`on yo`q” – Andijon viloyati hokimi xalqqa hisob beryapti






