AsosiyJamiyat

1 yanvardan "fara"larni yoqib yurish majburiymi? Rasmiylar izoh berdi

'1 yanvardan "fara"larni yoqib yurish majburiymi? Rasmiylar izoh berdi'ning rasmi

Sal avval, "2021 yil 1 yanvardan "fara"lar yoqib yurish shart" sarlavhasi ostida xabar berilgan edi. 

Mazkur xabar yuzasidan IIV YHXBB quyidagilarni ma`lum qildi:

Haqiqatdan ham, “Yo`l harakati qoidalari”ning 138-bandida “Kunning yorug` vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi belgilangan.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi "Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi 460-son qarori 2-bandida 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yorug` vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo`yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko`rsatilgan.

Ushbu masala yuzasidan IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o`z fikr mulohazalari mavjud bo`lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo`nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda.

O`ylaymizki, belgilanayotgan chora-tadbirlar halq manfaatlariga xizmat qiladi, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar