Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudi ish yurituvidagi «International Job Organization» xususiy bandlik agentligi" MChJ mansabdor shaxslari Sh. Abdurahmonov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi hududlarda davom ettiriladi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu jinoyat ishining mazmunan ko`rilishi joriy yil 17-19 dekabr kunlari soat 11.00 da jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati sudi binosida bo`lib o`tadi.
Shu munosabat bilan Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi ushbu jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchi va guvoh deb e`tirof etilgan fuqarolarni belgilangan vaqtda yuqorida ko`rsatilgan sud binosiga kelishlari so`raladi.
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mingtut ko`chasi, 1 uy.
Avvalroq ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi Urganch va Jizzaxda bo‘lib o‘tgan edi.






