AsosiyJamiyat

"Fara"lar bo`yicha norozilik yana avj olmoqda. Deputatlar VMga tartibni bekor qilish bo`yicha so`rov xati kiritdi

'"Fara"lar bo`yicha norozilik yana avj olmoqda. Deputatlar VMga tartibni bekor qilish bo`yicha so`rov xati kiritdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil  9 apreldagi №292-sonli  qarori bilan  yo`l harakati qoidalariga o`zgartirish kiritilib, kunning yorug` vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilangandi.  Keyinroq, jamoatchilikning e`tirozlaridan so`ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilishi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan edi.

 Muddat yaqinlashgan sari mavzu yana muhokamaga chiqdi. Ayni vaqtda jamoatchilik, xususan haydovchilar tomonidan ushbu tartibning 1 yanvardan kuchga kirishi kunduzgi chiroqlari avtomatik ravishda yonmaydigan yangi avtomobilga ega bo`lmagan fuqarolarda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi bois, uni bekor qilish masalasida yana murojaatlar bo`lmoqda, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev. 

 "O`z o`rnida joylarda o`tkazilayotgan uchrashuvlardagi takliflar va mutaxassislarning  fikrlari shuningdek, mamlakatimizning iqlim sharoiti, aholining turmush darajasi, ekologik vaziyat va imkoniyatlarni inobatga olib bir guruh deputatlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga hamda Ichki ishlar vazirligiga ushbu tartibni bekor qilish haqida yana so`rov xati kiritdik.

So`rov xatida kunning yorug` vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo`yicha talabni avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslikni so`radik.

Umid qilamizki, hukumat va soha vakillari fuqarolarimiz murojaatlari va fikrlari asosidagi ushbu so`rovimizni e`tiborsiz qoldirmay uning echimi bo`yicha adolatli qaror qabul qilishadi", deya umid bildirgan deputat.

Eslatib o`tamiz, sal avval mazkur masala yuzasidan IIV YHXBB munosabat bildirib, bu borada takliflar ishlab chiqilayotganini ma`lum qilgandi. 

    Boshqa yangiliklar