Vobkent tumanda jami 42 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari va 1 ta Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda umumta`lim maktablarini 2020-2021 o`quv yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan 14 ta umumta`lim maktablarida eski burjuyka pechlar orqali isitadigan maktablarda energotejamkor, zamonaviy qozonlar va isitish tizimlarini almashtirish uchun 2,062 mln. so`m mablag`lar ajratilib, qurilish ishlariamalga oshirildi. Mahalliy mablag`lar hisobidan 6 ta umumta`lim maktablarida joriy ta`mirlash uchun 1,071 mln. so`m mablag` ajratilib, ta`mirlab berildi.
2020-2021 o`quv yilida va kuz-qish mavsumiga qozonlar ishlashi uchun 137,0 tonna ko`mir va 385,0 tonna breket mahsuloti jami 522,0 tonna ko`mir hamda briket yoqilg`isi zahira qilindi.
2020 yil 27 aprel kuni bo`lib o`tgan tabiiy ofat natijasida zarar ko`rgan 16 ta umumta`lim maktablarida joriy ta`mirlash mahalliy mablag`lar hisobidan 4 ta umumta`lim maktablarida yangi zamonaviy hojatxonalar qurish ishlari amalga oshirildi. 12 ta maktablarda eski eshik va deraza romlarini yangi zamonaviy akfa romlariga almashtirish, tashqi devorlarini va beton sokollarini shtukaturka qilish uchun jami 2.320 mln. so`m mablag` ajratilib, ishlar oxiriga etkazildi.2020-2021 o`quv yiliga tayyorgarlik davrida mahalliy mablag`lar hisobidan jami 42 ta umumta`lim maktablariga 11,7 tonna jami 206 mln. so`mlik oq bo`yoq va pol buyog`i tarqatildi.
Deylik,tuman markazida joylashgan 23-umumiy o`rta ta`lim maktabi 1976 yilda qurilgan bo`lib, quvvati 536 nafar o`quvchiga mo`ljallangan. Maktabda 59 nafar o`qituvchi faoliyat olib boradi. Maktabning eshik-derazalari yog`ochdan yasalgan, qurilganiga uzoq yillar bo`lganligi sababli yaroqsiz holda kelib qolgan edi. Kuz-qish mavsumida deraza va eshik tirqichlaridan sovuq shamol kirib, sinf xonalarini isitishda bir qancha muammolarni keltirib chiqarar edi. Maktabning tom qismidagi shiferlari esa yorilib, tomdan chakki o`tar edi. Sayyor qabullarda, sektor rahbarining uchrashuvlarida aholi tomonidan maktabni ta`mirlab berishni so`rab yo`llangan murojaatlarga asosan 2020 yilda maktab qaytadan ta`mirlandi. Maktabning 270 kv. metr tom qismiga 180 dona shifer, eski derazalar o`rniga 236 dona akfa deraza romlari, eski eshiklar o`rniga 30 dona akfa eshiklar o`rnatildi. Maktabni ta`mirlash uchun 950 mln. so`m sarflandi.
Tumanning eng chekka olis hududi hisoblangan “Diyor” MFY hududida joylashgan 26-umumiy o`rta ta`lim maktabi filialida 97 nafar boshlang`ich sinf o`quvchilari o`qimoqda. Ushbu bino 1976 yilda qurilgan bo`lib, o`ta ta`mirtalab ayanchli ahvolga kelib qolgan edi. Aholi bilan o`tkazilgan uchrashuvlarda, sayyor qabullarda ushbu binoni ta`mirlab berishni so`rab ko`plab murojaatlar tushdi. Aholi tomonidan yo`llangan murojaatlarni inobatga olib,maktab filialini ta`mirlash uchun mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan 246 mln so`m mablag` ajratildi va maktab filiali 2020 yilda tubdan yangilandi, tom qismidagi shiferlar yangisiga almashtirildi, yochochdan yasalgan eski eshik derazalar o`rniga yangi zamonaviy akfa eshik derazalar o`rnatildi. Issiqliq tizimi ham yangilandi. Bundan tashqari maktab uchun yangi hojatxona ham qurib berildi. Endilikda jajji bolajonlar kuz-qish mavsumida issiq, shinam va ko`rkam xonalarda tahsil olishmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi etakchi
mutaxassisi D.Haqulov
Farzandlarimiz bilan matolarga bezak berib, qo`limizdan kelguncha kuniga 80 ming so`mdan 100 ming so`mgacha pul topamiz. Uy ishlarini ham qilamiz, farzandlarimiz bilan pandemiya davrida ham ishsiz qolganimiz yo`q. Qizlarimiz, shogirdlarimiz, xammamiz birgalikda ishlab kelyapmiz. Uyda o`tirgan ishsiz uy bekalari ko`p ularga ham o`rgatib kelyapmiz.
Intervyu beruvchi; Peshko` tumani Valfajir MFY Valfajir qishlog`ida yashovchi fuqaro Aslonova Ra`no Baxshulloevna






