AsosiyJamiyat

Turkiyada O`zbekiston fuqarosi vatandoshini o`ldirdi

'Turkiyada O`zbekiston fuqarosi vatandoshini o`ldirdi'ning rasmi

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil 12 dekabr kuni Istanbulning Chatalja tumanida yuzaga kelgan o`zaro janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi X.X. (1986 yilda tug`ilgan) jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Ushbu jinoyatni sodir qilishda gumonlanib O`zbekiston fuqarosi D.X. (1993 yilda tug`ilgan) qo`lga olingan va holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Bosh konsulxona ushbu holatni nazoratga oldi, marhumning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatmoqda va huquqni muhofaza qilish idoralari bilan aloqada bo`lib turibdi. Marhumning jasadini 16 dekabr kuni Vatanga yuborish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37.

    Boshqa yangiliklar