AsosiyJamiyat

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e`lon qilinadi

'Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari natijalari e`lon qilinadi'ning rasmi

Ertaga kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining natijalari e`lon qilinadi. Bu haqda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi rasmiy kanali xabar berdi.

2020/2021 o`quv yilida kollej va texnikumlarga o`qishga kirish istagida bo`lgan abiturientlar ishtirokida o`tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari 2020 yil 17 dekabr kuni e`lon qilinadi.  

Abiturientlar saralash imtihonlari natijalarini o`zlari hujjat topshirgan ta`lim muassasalarida bilishlari mumkin.

Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti - www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar