AsosiyJamiyat

"Mehr saxovat" ko`krak nishoniga so`xliklar loyiqmi?

'"Mehr saxovat" ko`krak nishoniga so`xliklar loyiqmi?'ning rasmi

Ha, albatta loyiq! Prezidentimiz tomonidan xalqimizning og`irini engil, yo`g`ini bor qilishga yordam berayotgan saxiy tadbirkorlardan ayrimlari "Mehr saxovat" ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida So`x tumanidan bo`lgan tadbirkorlar ham bor. So`xlik deputat o`z kanalida saxovatli tadbirkorlarga va hamqishloqlarini ushbu e`tirofga loyiq ko`rgan Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Jumladan u shunday yozmoqda:

"Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tas`sis etilgan  "Mehr saxovat" ko`krak nishoniga so`xliklar loyiqmi?

 Pandemiya davrida So`x tumani Hazrati Ali MFY da ko`p ishlar amalga oshirildi, jumladan hududda yashovchi kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan ehtiyojmand oilalarga Prezidentimiz tomonidan berilgan moddiy yordamlar jamoatchilik nazorati ostida manzilli tarqatildi. 

Hukumatimizning e`tiboridan ruhlanib Hazrati Ali MFY da yashovchi To`ychiev Valijon, Nishonova Yulduzxon, Yuldoshev Asqarali, Aminov Shuhratjon, Sharipov Baxtiyor, Nodirov Oybek, Shodiev Hasanxon, Mahmudov Karomatillo, Mulloev Narimon, Rahmonqulov Suhrobjon va bir qator Saxovatli tadbirkorlar “Saxovat va ko`mak” tadbiri doirasida hududda yashovchi kam ta`minlanegan, boquvchisini yo`qotgan, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar ko`rsatishgan. 

Hazrati Ali MFY ma`muriyati tomonidan hududda “Uyda qolib kitob o`qing, biz sizni taqdirlaymiz” “Namunaviy tomorqa” kabi tanlovlar uyushtirilib, g`oliblar taqdirlandi. Bu ishlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi.

 Ushbu Saxovatli tadbirkorlar hamda rahbarlarning arzimas ishlari inobatga olinib, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta`sis etilgan “Mehr saxovat” ko`krak nishoni bilan Hazrati Ali mahallasidan Saxovatmand tadbirkor To`0ychiev Valijon, Hazrati Ali MFY raisi Nishonov Subhonali, Rais o`rinbosari Toshev Samejon va shifokor Shodiev Farhodjonlar taqdirlanishdi.

 Tuman kengashining deputati Hazrati Ali MFY raisi Nishonov Subhonali Turaevich tashabbusi bilan hafta davomida Hazrati Ali MFY Saxovatmand tadbirkori “Mehr saxovat” ko`krak nishoni sohibi To`ychiev Valijon Bahronovich homiyligida So`x tumani Istiqlol MFY hududida qurilayotgan Inoyatulloh jome` masjidiga ellik million sum mablag` hadya qilindi, Hazrati Ali MFY hududida yashovchi boquvchisini yo`qotgan Shahobova Sohibaxon xonadoni bir yarim million so`m mablag` evaziga tabiy gaz  bilan ta`minladi, Sarikanda va Hazrati Ali MFYlarda yashovchi 33 nafar kam ta`minlangan ehtiyojmand oilalarga go`sht mahsuloti tarqatilib, ularning holidan xabar olindi,  Mulgon MFYda yashovchi Gadoeva Bibixonga besh yuz ming so`m moddiy yordamlar ko`rsatildi.  

Hazrati Ali MFY ma`muriyati nomidan Muhtaram Prezidentimiz, Saxovatpesha tadbirkorlarimiz hamda “Mehr saxovat” ko`krak nishoni sohibi V.B.To`ychievga minnatdorchilik bildiramiz", deydi so`xlik deputat.

    Boshqa yangiliklar