AsosiyJamiyat

Uch deputat yo`l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarliklarni engillashtirishmoqchi. Bunga Kusherbaev ham "za"

'Uch deputat yo`l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarliklarni engillashtirishmoqchi. Bunga Kusherbaev ham "za"'ning rasmi

Oliy Majlisning uch nafar deputati yo`l harakati qoidalari buzilishiga oid ayrim javobgarlik choralarini engillashtirishmoqchi. Ularning bu tashabbusini deputut Rasul Kusherbaev ham qo`llab-quvvatlamoqda. 

"Deputatlar – E.Salixov, F.Ashmatov va K.Tojiev ishlab chiqqan qonun loyihasida quyidagi takliflar ilgari surilgan:

- Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi ayrim turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan bazaviy hisoblashning «eng kam» va «eng ko`p» miqdorda belgilangan jarimalarning minimal darajasini qo`llash;

- takroran sodir etilgan ba`zi huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini kamaytirish;

- ayrim huquqbuzarliklarga nisbatan jarimalar miqdorini oqibatidan kelib chiqqan holda belgilash.

Bundan tashqari, hukumatning ayrim qarorlariga ham quyidagi o`zgartish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda:

- avtotransport vositalarini ro`yxatdan o`tgan hududidan qat`i nazar, respublikaning istalgan hududida texnik ko`rikdan o`tkazishga ruxsat berish;

- haydovchilik guvohnomalarini berish jarayonlarida inson omilini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish;

- haydovchilik guvohnomalarini yo`qotgan (o`g`irlangan, yong`in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) shaxslarga dublikat berish tartibini soddalashtirish.

Ishlab chiqilayotgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritilib, siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamalaridan so`ng, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida ko`rib chiqiladi.

Qonunchilik palatasining Mudofaa-xavfsizlik qo`mitasi deputatlari to`xtash va to`xtab turish qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni ham  kamaytirmoqchi.

Hamkasblarimiz bu takliflarni tez kunlarda qonun loyihasi shaklida Qonunchilik palatasiga kiritish ustida ishlashmoqda.

Bunday tashabbuslarga shaxsan men ham "za"!"-deb yozib qoldirgan Kusherbaev. 

    Boshqa yangiliklar