AsosiyJamiyat

Samarqandda o`rtoqlarini "Tracker"da sayr qildirmoqchi bo`lgan 14 yoshli bola tengdoshining umriga zomin bo`ldi (video)

'Samarqandda o`rtoqlarini "Tracker"da sayr qildirmoqchi bo`lgan 14 yoshli bola tengdoshining umriga zomin bo`ldi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida odam o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 14 yoshli fuqaro kechki 19:30larda "Tracker" mashinasini uyidan haydab, olib chiqib ketadi. So`ng o`rtoqlariga qo`ng`iroq qilib, ularni ham chaqiradi. Kechki 23:30larda boshqaruvda bo`lgan 14 yoshli yigit tezlikni me`yoridan oshirib, boshqaruvni yo`qotadi va yo`l belgisi o`rnatilgan beton to`siqqa borib uriladi. Natijada mashinada haydovchining yonidagi o`rindiqda o`tirgan 14 yoshli yigit vafot etgan.

Ushbu hodisa yuzasidan guvohlik bergan haydovchining otasi, o`g`liga qilgan qilmishiga yarasha jazo berishlarini so`ramoqda. 

Shuningdek, ushbu YTH sodir bo`lishiga sabab bo`lgan boshqa holatlar ham tahlil qilingan. 

    Boshqa yangiliklar