1

Namangandagi firibgar ayol qing`ir ishlarini yana boshladi

Jinoyat 17.12.2020, 10:44
Namangandagi firibgar ayol qing`ir ishlarini yana boshladi

38 yoshli Dildora I., muqaddam firibgarlik va pora berish kabi jinoyatlarni sodir etib unga nisbatan belgilangan jazoni o`tib chiqqan bo`lishiga qaramay, 2019 yilning may oyida Namangan shahar “Ma`daniy maorif” MFY,da yashovchi fuqaro Feruza M., ni aldab, “Uztelecom” aloqa kompaniyasiga ishga joylashtirib qo`yishini aytib, ishonchiga kirib, undan 100 AQSh dollari miqdordagi pullarni firibgarlik yo`li bilan olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamentining katta tergovchi kapitan J.Shonazarov xabar bermoqda. 

Bundan tashqari tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha Dildora I., o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, aldash yoki ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan  qo`lga kiritish maqsadida, takroran joriy yilning 16 yanvar kuni Feruza M., ni aldab, Namangan shahar “I.Karimov” ko`chasida joylashgan “Fayz” MChJ nomli savdo shahobchasidan uning nomiga kredit asosida maishiy texnika vositalarini olishni va pullarini oyma-oy o`zi to`lashini aytib, ishonchiga kirib, savdo shahobchasidan uning nomiga shartnoma rasmiylashtirib, shartnoma orqali 6 740 000 so`mlik maishiy texnika vositalarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, sotib yuborganligi, pullarni esa o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma`lum bo`lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Dildora I., ga nisbatan jabrlanuvchining arizasiga asosan 14.12.2020 yilda Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (takroran yoki xavfli residivist tomonida sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1