AsosiyJamiyat

Professional ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e`lon qilindi

'Professional ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e`lon qilindi'ning rasmi

Professional ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e`lon qilindi

Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.

2020-2021-o`quv yili uchun professional ta`lim muassasalariga saralash imtihonlari 2020 yil 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar o`tkazildi.

Bunda saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida bo`lib o`tdi.

 Bugun 17 dekabr kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e`lon qilindi.

 Abiturientlar saralash imtihonlari natijalarini o`zlari hujjat topshirgan ta`lim muassasalaridan bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, saralash imtihonlari test sinovlari shaklida o`tkazilgan kollej va texnikumlar natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bo`lib, abiturientlarda texnikum.dtm.uz sayti orqali ham o`z natijalarini bilish imkoniyati mavjud.

    Boshqa yangiliklar