"Hikoyani tarjima qiling" (Translate a Story) loyihasi doirasida YuNESKO Xalq ta`limi vazirligi va Norvegiyaning rivojlanish agentligi (Norad) bilan hamkorlikda bolalar uchun 130 ta kitob o`zbek tiliga tarjima qilindi. Bu haqda Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari xabar berdi.
Ushbu loyihaning debochasi sifatida amalga oshirilgan ishlar, ilk muvaffaqiyati haqida fikr almashish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi, YuNESKO va Norad vakillari ishtirokida onlayn muloqot tashkil etildi.
️Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Innovasiya, texnologiya va strategiyasi markazi jamoasi tomonidan tarjima qilingan kitoblar Global raqamli kutubxonaga (Global Digital Library - GDL) taqdim etildi.
Ushbu kitoblardan joy olgan badiiy hikoyalar bog`cha va maktab yoshidagi bolalarga ham tavsiya etiladi.