AsosiyJamiyat

IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosovning muhokama bo`layotgan fikrini Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi to`ldirdi

'IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosovning muhokama bo`layotgan fikrini Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi to`ldirdi'ning rasmi

Kuni kecha AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida berilgan savolga IIV matbuot kotibi Shohrux G`iyosov: «IIV xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda tasvirga olish va xohlagan platformaga videoni qo`yish mumkin» -deya javob bergan edi.

Ushbu javob varianti OAV vakillari, bloger va jurnalistlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatildi. 

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov esa ushbu fikr ortidan kelgusida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun ba`zi to`ldirishlarni tanishtirib o`tmoqchiligini ma`lum qildi. 

"Aslida qonunda davlat xizmatchisini (IIO xodimlarini) «xohlagan joyda», «xohlagan vaqtda» tasvirga olish va uni «xohlagan platformaga joylashtirish»da ba`zi mustasno holatlar mavjud.

Ya`ni, agar IIO xodimi foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borayotgan bo`lsa, bunda uning xizmat faoliyatini tasvirga olish taqiqlanadi.  

Shuningdek, qonunchilikka ko`ra agar xodim ichki ishlar organlarining ma`muriy binolari (bosh boshqarma, boshqarma, bo`lim yoki bo`linmalari) hududida xizmat olib borayotgan bo`lsa ham uni tasvirga olish mumkin emas.

Yana bir qo`shimcha «Тezkor-qidiruv faoliyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga ko`ra ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi organlar xodimlari to`g`risidagi ma`lumotlar va ularning faoliyatidagi rejalari davlat siri hisoblanadi.  

Shunga ko`ra Ichki ishlar organlari tarkibidagi tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi (JQB) xodimlari va ularning xizmat faoliyatini tasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish mumkin emas", deyiladi Tulyaganovning qo`shimcha izohida 

    Boshqa yangiliklar