AsosiyJamiyat

Polietilen idishda Lasettiga yoqilg`i quygan IIV xodimlariga qanday chora ko`rildi?

'Polietilen idishda Lasettiga yoqilg`i quygan IIV xodimlariga qanday chora ko`rildi?'ning rasmi

Joriy yilning 16 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda "Tushunamiz benzin qimmatlashib ketdi" sarlavhasi ostidagi fotosurat tarqaldi. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ma`lumot berdi.

Fotosuratda "Neksiya" rusumli, 01 036 VSB davlat raqam belgili xizmat avtomashinasi yukxonasi ochiq holda va IIV kiyim-boshidagi 2 nafar xodim polietilen idishda "Lasetti" rusumli avtomobilga yoqilg`i quyish holati aks etgan.

Mazkur holat 2019 yilda sodir bo`lgan bo`lib, o`sha vaqtda "Neksiya" rusumli, 01 036 VSB davlat raqam belgili xizmat avtomashinasini IIV YHXBB sobiq xodimi I.Do`smatov boshqargan.

Joriy yilning yanvar oyida mazkur xodim IIV attestasiya komissiyasi yig`ilishi bayoniga ko`ra nafaqaga chiqish uchun etarli xizmat muddatini o`taganligi inobatga olinib nafaqaga chiqarilgan.  

Holat yuzasidan IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. 

    Boshqa yangiliklar