AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 25 dekabrdan karantin choralari yana kuchaytirilishi haqidagi xabarlar to`g`rimi?

'O`zbekistonda 25 dekabrdan karantin choralari yana kuchaytirilishi haqidagi xabarlar to`g`rimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 25 dekabrdan O`zbekistonda karantin cheklovlari yana joriy qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan bog`landik.

SSV matbuot xizmati xodimining bizga bergan ma`lumotiga ko`ra, ijtimoiy tarmoqlarda 25 dekabrdan karantin choralari kuchaytirilishi haqidagi xabar yolg`on.

Shu o`rinda yurtdoshlarimizga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan har qanday xabarlarga ishonmaslikni, ularga oydinlik kirtishi uchun ramiy manbalarga tayanish kerakligini aytmoqchimiz.

Karantin choralari kuchaytirilishi haqida xabar tarqatganlar manba sifatida Kun.uz saytini keltirishgan. Kun.uz sayti ushbu xabarni rad etdi: “Lekin bu ma`lumot yolg`on va bunga xabarning o`zida bir necha dalillarni ko`rish mumkin. Jumladan, xabar matnida juda ko`p imloviy xatolar mavjud; xabar manbasiga kirib ko`rilganda butunlay boshqa ma`lumot berilgan” deyiladi nashr bergan izohda.

    Boshqa yangiliklar