AsosiyJamiyat

Rossiyaning Amur viloyatidagi qurilish ob`ektlarida ishlash uchun yana 182 nafar fuqaro jo`nab ketdi

'Rossiyaning Amur viloyatidagi qurilish ob`ektlarida ishlash uchun yana 182 nafar fuqaro jo`nab ketdi'ning rasmi

Prezidentimiz raisligida joriy yil 17 avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga munosib sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash yuzasidan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishi hamda 15 sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlar asosida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan pandemiya davrida aholini xorijga tashkillashtirilgan va tartibli ravishda ishga jalb qilish bo`yicha Rossiya Federasiyasidagi yirik ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

Kelishuvlarga muvofiq, o`tgan davrda Agentlik tomonidan Rossiya Federasiyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishi uchun Namangan viloyatidan 400 dan ortiq fuqarolar ishga yuborilgan.

Shuningdek, 16 dekabr kuni Namangan xalqaro aeroportidan Rossiya Federasiyasining Amur viloyatidagi “Anti-Yapi” kompaniyalarining qurilish ob`ektlarida ishlash uchun mamlakatimizning turli hududlaridan yana 182 nafar fuqarolarimiz charter reys orqali jo`nab ketdi. Bu haqda Tashi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan fuqarolarni tibbiy ko`rikdan, shuningdek, koronavirus PSR tekshiruvidan o`tkazish, xizmat ko`rsatish shartnomasini rasmiylashtirish ishlari tashkillashtirilib, migrasiya tartiblari, Rossiya qonunchiligi bo`yicha tushuntirishlar berildi. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.

Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchi koronavirus bilan kasallansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta`minlanishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar