AsosiyJamiyat

“Sijjak”, “Beldirsoy”, “Chorvoq"... Toshkent viloyatida 58ta davlat maskanlari va korxonalar xususiylashtiriladi

'“Sijjak”, “Beldirsoy”, “Chorvoq"... Toshkent viloyatida 58ta davlat maskanlari va korxonalar xususiylashtiriladi'ning rasmi

 Prezidentning 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, Toshkent viloyatida 58 ta davlat aktivlari va ob`ektlar xususiylashtirilishi belgilangan. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlar bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig`i Baxtiyor Rustamov ma`lum qildi. 

Viloyatda 4 ta (“O`zbekkimyomash zavodi” AJ, “To`ytepa metall qurilmalari” AJ, “Akademik M.Mirzaev nomli bog`dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qibray sharob ilmiy-eksperimental korxonasi” DUK, “Meva-sharbat ilmiy eksperimental” DUK) davlat aktivlarini xususiylashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shundan “To`ytepa metall qurilmalari” AJ 5 yil muddatda 4 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish hamda 20 mlrd. so`m miqdorida sotib olish sharti bilan “KRANTAS GROUP” MChJga sotildi.

“Sijjak”, “Beldirsoy oromgohi”, “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlari va “Burgalik” dam olish oromgohi ko`chmas mulk ob`ektlari alohida yondashuv asosida xususiy sektorga sotilishi ko`zda tutilgan.

Bugungi kunda “Beldirsoy oromgohi” hamda “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanlarida baholash ishlari yakunlanib, ommaviy savdoga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda. “Sijjak” va “Burgalik” dam olish oromgohlarida xatlov oldi ishlari olib borilyapti.

Hududlarda jami 39 ta, shundan 7 ta alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va sharob savdo korxonalari, 1 ta yog`-moy korxonasi, 1 ta kompyuter markazi, 30 ta boshqa soha korxonalarining davlat ulushlari to`lig`icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.

Bundan tashqari, Farmon bilan qamrab olinmagan, biroq xususiylashtirilishi rejalashtirilgan 200 ta korxona va ko`chmas mulk ob`ektlari ommaviy savdolarga chiqariladi.

Jumladan, 99 ta korxona avval qabul qilingan qarorlar doirasida sotiladi. 101 ta ko`chmas mulk (er maydoni 5 ming kv.m.gacha bo`lgan) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida sotilishi ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar