1

Sariosiyoda xavfli guruh aniqlandi

Jinoyat 18.12.2020, 10:35
Sariosiyoda xavfli guruh aniqlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tergov bo`limi ish yurituvida bo`lgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov jarayonida Bog`ishamol mahallasida yashovchi Sohib To`raev jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatish bilan shug`ullangani aniqlangan. Bu haqda O`zA yozdi. 

22 yoshdagi bu shaxs shu yil sentyabr oyidan boshlab, Internet jahon axborot tarmog`idagi “Telegram Video” tarmog`i orqali diniy ekstremistik oqim a`zolarining g`oyaviy ta`siriga tushib, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni tumandagi Feruz mahallasida yashovchi, ishsiz, 25 yoshdagi So`fixon Obidov (ism-familiyalar o`zgartirildi)ga tarqatib kelgan.  

Shuningdek, Obid So`fixonov joriy yil sentyabr oyidan Internet jahon axborot tarmog`idagi “Telegram Video” tarmog`i orqali diniy ekstremistik oqim a`zolarining g`oyaviy ta`siriga tushib, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan materiallarni tumandagi Bog`ishamol mahallasida yashovchi tanishi 23 yoshdagi Zohid Bakirov va Akmal To`xlievga tarqatib kelgani ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Sohib To`raevga Jinoyat kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan, Obid So`fixonovga 159-moddasi 1-qismi bilan qo`shimcha ayblov e`lon qilinib, jinoyat ishiga qo`shilgan. Ayni paytda jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatib, O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilmoqchi bo`lgan mazkur shaxslar ishi bo`yicha tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1