AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari Rossiyadan kirib keladigan sovuq havo O`zbekiston bo`ylab haroratni yomonlashishiga olib keladi

'Dam olish kunlari Rossiyadan kirib keladigan sovuq havo O`zbekiston bo`ylab haroratni yomonlashishiga olib keladi'ning rasmi

Sinoptiklar O`zbekiston bo`ylab bugungi va dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun qish O`zbekiston aholisini qisqa muddatli, ammo uzoq kutilgan iliq havo bilan hursand qilishga qaror qilgan. Respublikaning barcha hududlarida asosan quyoshli ob-havo kutildi. Kuning o`rtasida havo 5-10 daraja iliqqacha, janubda ba`zi joylarda 13 daraja iliqqacha bo`ldi. Iliq havo ba`zi joylarda shamolning kuchayishi bilan kuzatildi.

Iliq va asosan quyoshli ob-havo O`zbekistonning tog`li hududlarida ham saqlanib turdi, tog`larda harorat 0-5 daraja iliq atrofida bo`ldi.

Ammo dam olish kunlari esa qish yana o`z huquqlarini talab qiladi. Rossiyaning janubiy hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi O`zbekiston bo`ylab ob-havoni yomonlashishiga olib keladi. 

Respublikaning shimolida qor ko`rinishidagi biroz yog`ingarchilik jumladan shanba kuniga o`tar kechasi boshlanadi. Barcha joylarda yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik qorga aylanishi bilan kuzatiladi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Faqat eng chekka sharqda (Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari) shanba kuni kun davomida havo bulutli, lekin quruq bo`lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni g`arbiy hududlarda yog`ingarchilik kuzatilmaydi, Toshkent, Samaraqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik kunning ikkinchi yarmigacha davom etadi va faqat eng chekka janubda va Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik bo`lishi kun davomida saqlanib turadi.
Havo harorati yakshanba kuniga 2 daraja sovuq 3 daraja iliq qiymatlarigacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar