1

Namanganda soxta pul ishlab chiqarayotgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 18.12.2020, 19:50
Namanganda soxta pul ishlab chiqarayotgan shaxslar qo`lga olindi

Namanganda bir guruh fuqarolar pul ishlab topish o`rniga ularni bosma qilishga uringan va qo`lga olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Namangan. 2020 yil 16 dekabr kuni Chortoq tuman IIB va DXX tuman bo`limi xodimlari bilan hamkorligida o`tkazilgan tadbir natijasida 38 yoshli Foziljon A.,ning xonadoni ko`zdan kechirilganida, xonadon egasi va 27 yoshli Raximjon A., lar o`zlari bilan olib kelgan “HP” rusumli noutbuk, “Epson” nomli rangli printer hamda turli rangdagi bo`yoqlari, “Delli” nomli laminasiya uskunasi, 1 dona soch quritgich, dazmol va 4 ta qutida “A-4” formatdagi qog`ozlar, xonadon gilami ostidan “A-4” format qog`ozga chiqarilgan 50.000 so`mlik kupyuradagi 18 dona, 100.000 so`mlik kupyuradagi 4 dona qalbaki pullar bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqarolar Foziljon A. va Raximjon A., larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1