Toshkent viloyati va Qibray tumani hokimlarining yuridik shaxslarga er uchastkasi ajratish yuzasidan qabul qilgan qarorlarida qonunchilik talablarining buzilish holatlari aniqlangan.
Bu bo`yicha17 dekabr kuni Bosh vazir A bdulla Aripov tegishli farmoyishi chiqarildi. Bu haqda UzA.uz xabar bermoqda.
Farmoyishga ko`ra kelgusida bunday holatlarga yo`l qo`yilmaslikni ta`minlash, shuningdek, bu borada hududlar rahbarlarining shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish maqsadida hokimlarga intizomiy jazo berilgan.
Xususan, Toshkent viloyatining hokimi Rustam Xolmatov va Qibray tumani hokimi Mira`zam Mirkasimovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi e`lon qilindi hamda ular kelgusida bunday holatlar takrorlangan taqdirda, egallab turgan lavozimida qolishi masalasi ko`rib chiqilishi to`g`risida qat`iy ogohlantirildi.
Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklandi.






