“Toshkent yoshlar forumi—2020” doirasida o`tkazilgan “Ijtimoiy soha—2030: ta`lim va sog`liqni saqlash tizimi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov oliy ta`lim muassasalarida hijobga ruxsat beriladimi, degan savolga javob berdi. Bu haqda daryo.uz xabar bermoqda.
“Hamma oliy o`quv yurtlarida ichki tartib-qoidalar mavjud. Ularga amal qilish kerak. Bu faqat bizda emas, butun dunyoda shunday”, — dedi oliy va o`rta ta`lim vaziri.
Musulmonlar idorasining fatvo bo`limi boshlig`i ro`mol haqida “Buni muammo yoki siyosiy tazyiq deb talqin qilish noto`g`ri”, deb baholagan edi.






