AsosiyJamiyat

Talabalar reyting daftarchasi va o`quv jurnallari bekor qilinadi

'Talabalar reyting daftarchasi va o`quv jurnallari bekor qilinadi'ning rasmi

2021-2022 o`quv yilidan boshlab O`zbekistondagi 46 ta oliy ta`lim muassasasida talabalarning reyting daftarchasi va guruh jurnalini qo`llash amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i Alisher Abdullaev matbuot anjumani vaqtida aytib o`tgan.

“2020-2021 yilgi o`quv yilidan 46 ta ta`lim muassasasi krdeit-modul tizimiga o`tdi. Bu tizimga o`tgan OTMda keyingi o`quv yilidan reyting daftari va guruh jurnali bekor qilinadi”, deydi Alisher Abdullaev.

Uning qayd etishicha, bu shaffoflik va talabalar, professor-ustozlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 

    Boshqa yangiliklar