"O`zgidromet" xizmati 19 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Unga ko`ra, O`zbekistonda havo bulutli bo`ladi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin, qolgan hududlarda yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida bugun quruq ob-havo saqlanib turadi.
Shamol o`rtacha 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 3-8° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda bugun kunduzi yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda, kuchayish vaqtida 12-17 m/s gacha esadi. Harorat kun davomida 7-9° iliq bo`ladi.
O`zbekistonning tog`li hududlarida ham havo o`zgaradi, bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ko`rinish 50-100 m gacha yomonlashadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda, kuchayish vaqtida 15-20 m/s gacha esadi. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq atrofida bo`ladi.
Tog` avtomobil yo`llarida qor uyumlari, yaxmalak bo`lishi mumkin.