AsosiyJamiyat

Qarshida 13 nafar o`smir is gazidan zaharlandi

'Qarshida 13 nafar o`smir is gazidan zaharlandi'ning rasmi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga bugun, 19 dekabr kuni soat 06:50 da is gazidan zaharlangan jami 13 nafar o`smir keltirildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma`lum qildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,  Qarshi shahridagi xususiy o`quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo`lgan.

O`smirlarning (hammasi o`g`il bola) eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Ularning 3 nafari og`ir,  5 nafari o`rta og`ir holda shifoxonaga keltirilgan bo`lsa,  qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan.  

Ko`rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.

Mavzuga doir:

2020 yilda is gazidan qancha fuqaro vafot etgani ma`lum qilindi

Navoiyda 13 yoshli qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi

Is gazi 6 fuqaroning o`limiga sabab bo`ldi

    Boshqa yangiliklar