2020 yilning 16 dekabr kuni tonggi 4:30lar atrofida Sirdaryo tumanini kesib o`tuvchi M34 avtomobil yo`lining 70 kilometrida Cobalt rusumli avtomobil xaydovchisi harakatdan to`xtab, mashina yukxonasini tekshirayotgan paytda Zil rusumli yukmashinasi bilan to`qnashgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining axborot xizmati xabar bermoqda.
Zil xaydovchisi havoning tumanli bo`lgani sabab Cobalt avtomashinasini ko`rmay qolgan va mashinaga kelib urilgan. YTH natijasida Cobalt xaydovchisi og`ir tan jarohatlar olib, Sirdaryo tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
22 yoshli fuqaro ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, ahvoli og`irligi sabab vafot etgan.






