Avval xabar berganimizdek, bugun Senatning o`ninchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi.
Unda Senat raisi Tanzila Narbaevaning ma`lum qilishicha, aksariyat qonunbuzilish holatlari ta`lim tizimida kuzatilgan. Tizimda umuman ishlamaydigan odamlarga yillar davomida oylik yozib kelingan.
"Vazirliklar va hokimliklarda ham ahvol shu. Madaniyat vazirligida amalda etkazib berilmagan mahsulotlar, bajarilmagan ishlar va ko`rsatilmagan xizmatlar uchun 12 mlrd so`m byudjet mablag`i talon-toroj qilingan. Biz: “Moddiy-madaniy meros ob`ektlariga qaranglar, madaniyat markazlari xarob ahvolda”, desak pul yo`q deyishadi. Amalda esa ahvol mana bunday", — dedi Senat raisi Tanzila Narbaeva o`ninchi yalpi majlisda.






