AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

'Toshkent viloyatida piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

2020 yil 17 dekabr kuni soat taxminan tungi 2–3 lar atrofida A-373 – «Guliston–Ohangaron» avtomobil yo`lining Pskent tumani hududidan o`tgan 87-kilometrida noma`lum shaxs piyodani urib yuborib, jabrlanuvchiga yordam ko`rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan.  Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati rahbari xabar bermoqda. 

Voqea sodir bo`lgan joyni o`rganish asnosida u erdan yuk mashinasiga taalluqliligi taxmin qilinayotgan bir necha ashyoviy dalillar topilgan. Yo`lning asfalt qoplamasidagi tormoz izlari ham yuk mashinasiga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda. Hozirda ushbu transport vositasini topish bo`yicha qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilyapti.

IIBB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ushbu voqeani ko`rgan yoki eshitgan fuqarolardan (71) 265-08-51 yoki 265-96-53 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib, jinoyat fosh etilishiga hissa qo`shishlarini so`raydi. Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi, deyilmoqda xabarda. 

    Boshqa yangiliklar