AsosiyJamiyat

Yangi yil bayrami arafasida yo`lovchilarga qulaylik bo`lishi uchun poezdlar qatnovi ko`paytirildi

'Yangi yil bayrami arafasida yo`lovchilarga qulaylik bo`lishi uchun poezdlar qatnovi ko`paytirildi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ ma`lum qilishicha, bayram oldi va bayram kunlari yo`lovchilarga transport xizmatlarini ko`rsatishni yanada oshirish va ularga ko`proq qulaylik yaratish maqsadida  Toshkent-Termez-Toshkent yo`nalishida 280/279-sonli yo`lovchi poezdlari qatnovi yo`lga qo`yildi. 

Mazkur poezdlar joriy yil 15,25,27,29 dekabr kunlari Toshkent-Termez, shuningdek, 16,26,28 va 30 dekabr kunlari Termez-Toshkent yo`nalishida 4 martadan qatnovini amalga oshirib, yo`lovchilarni o`z manzillariga etkazib qo`yadi.

Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.  Qo`shimcha ma`lumotlarni esa Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar