AsosiyJamiyat

33 million so`m mablag` iste`molchilar foydasiga undirib berildi

'33 million so`m mablag` iste`molchilar foydasiga undirib berildi'ning rasmi

Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi fuqaro Tilobat Xamzaevadan O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda iste`molchi «Halol rizq quyonchilik fermasi» fermer xo`jaligi bilan 2020 yil 20 avgust  kuni tuzilgan №502 sonli shartnomaga asosan, 25 150 000 so`mlik nasldor quyon, quyon qafasi hamda ozuqasini bermasdan kelayotganligini aytib o`tgan. 

Murojaat Federasiya mutaxassislari tomonidan o`rganildi. Natijada 25 150 000 so`mlik nasldor quyon, qafasi hamda ozuqasi iste`molchi foydasiga undirib berildi. Bu haqda Federasiya matbuot kotibi xabar qildi.

Yana bir murojaat Namangan viloyat Uychi tumanida yashovchi fuqaro Sayyora Tillabaevaga tegishli bo`lib, unda iste`molchi issiqxona bilan shug`ullanish maqsadida Uychi tuman Xalq bankidan kredit olganligi, ta`minotchi Avazbek uyiga kelib 5 million 800 ming so`mlik issiqxona qurib bergani, biroq issiqxona bir necha bor qulab tushgani sababli tadbirkorga murojaat qilgan. Ammo quruvchi turli xil bohonalar qilib, ta`mirlab bermaganligini aytib o`tgan. Mazkur murojaat o`rganilib, qurvchi tomonidan iste`molchiga issiqxona bepul tamirlab berilishiga erishildi.

Shuningdek, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga Navoiy viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Murojaatda, Navoiy viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari Navoiy shahar I.Karimov ko`chasi 52 uyda joylashgan " Omad Avia" MChJdan malaka almashish va hamkorlik o`rnatish maqsadida joriy yilning aprel oyida Hindiston davlatiga 1 xaftalik safarga borib kelish uchun 33 000 000 so`m evaziga avia chipta sotib olgan, biroq karantin sababli reyslar bekor qilingn. 

2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarini rasmiylashtirish orqali to`lov qaytarilishi ta`kidlangan bo`lsa-da, 5 oydan buyon pullarini ololmay ovora-yu sarson bo`layotganligidan noroziligini bildirgan.

Mazkur murojaat Navoiy shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassilari  tomonidan o`rganilib, iste`molchilarga umumiy hisobda 33 000 000 (o`ttiz uch million) so`m miqdordagi mablag` egalariga manzilli qaytarilishiga erishildi.

    Boshqa yangiliklar