AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda badnafs bank xodimi bir qancha tadbirkorning kredit qarzlarini "eb" yubordi

'Qashqadaryoda badnafs bank xodimi bir qancha tadbirkorning kredit qarzlarini "eb" yubordi'ning rasmi

Qarshi tumani Qovchin MFYda yashovchi, “Agrobank” ATB Qamashi filialida ishlovchi M.Sh. nafsini jilovlay olmaydigan shaxslar toifasidan bo`lib chiqdi. 

U  2019 yil may oyidan 2020 yil 30 sentyabr kuniga qadar bankning Yuridik xizmat bosh yuristkonsulti vazifasida ishlab kelib, firibgarlik, ya`ni aldash yoki ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini qo`lga kiritish jinoyatini sodir qilgan. 

Jumladan, M.Sh. 2020 yil aprel oyida  fermer xo`jaligi raisi O.B.ning yashash xonadoniga borib, kredit qarzini to`liq to`lashini aytib, to`lagandan so`ng unga boshqa kredit chiqarib berishni va`da qilib, uning ishonchini qozaonadi. O.B.dan chorva kreditidan bo`lgan qarzini yopish uchun 2 mln. 500 ming so`m pullarini olib, bankka to`lamasdan, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

M.Sh. 2020 yil may oyida “Agrobank” ATB Qamashi filialiga kredit olish uchun murojaat qilgan Sh.Q.ning tegishli hujjatlari asosida ajratilib, MChJga o`tkazilgan 20 mln. so`m kredit pullarini naqd pul shaklida olishni va boshqa korxonadan tikuv mashinalari olib berishni va`da qiladi. Ajratilgan 20 mln. so`mni 13 foizga, ya`ni 17 mln. 400 ming so`mga naqdlashtirib olgandan so`ng, 7 avgust kuni mijoz Sh.Q.dan tikuv mashinasi olib berishni aytib, 10 mln. so`m pullarini qo`lga kiritadi. Lekin tikuv mashinasi olib bermaydi va pullarini qaytarishni ham unutadi. 

Shuningdek, yana bir fermer xo`jaligiga “Belarus 80-X” rusumli traktor sotib olish uchun “Agrobank” ATB Qamashi filiali tomonidan ajratilgan kredit qarzini qoplatish uchun fermer xo`jaligi raisi U.O.ning yashash uyiga borib, kredit qarzini to`lashini aytib, uning plastik kartasidan 12 mln. so`m, ishchilari N.M.ning plastik kartasidan 3 mln. so`m, S.X.ning ham plastik kartasidan 3 mln. so`m o`zining plastik kartasiga o`tkazib berilgan jami 18 mln. so`m pullaridan 4 mln. 500 ming so`mini  fermer xo`jaligining paxta krediti uchun to`lab berib, qolgan 13 mln. 500 ming so`m pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

 Bundan tashqari, M.Sh. tadbirkor tanishi Z.S.dan 2 mln. so`m qarz olib, qarzini qaytarib berishni so`raganda unga imtiyozli kredit chiqarib berishni va`da qilib, o`zganing 2 mln. so`m pullarini qaytarib bermagan.

Alqissa M.Sh. 4 ta holatda o`zgalarning 28 mln. so`m pulini qo`lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani uchun Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar