Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahrida gumburlash va er qimirlashga o`xshash holat qayd etilganligiga oid xabarlar tarqaldi.
Hodisaga oid tafsilotlar bilan "Sirdaryo Bugun" viloyat FVB Axborot xizmati bilan bog`langan.
"Ayni damda Guliston shahrida qayd etilgan zilzilaga o`xshash er silkinishi va portlash kabi ovozlar bo`yicha FVB markaziy dispetcheriga hech qanday yong`in yoki portlash to`g`risida murojaat va qo`ng`iroqlar kelib tushmagan.
Shunday bo`lsa ham, FVB xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzilib, Guliston shahar hududidagi va yondosh hududlardagi mavjud bo`lgan AGTKSh ishchi holatlari o`rganilib chiqilmoqda", - deyilgan FVB matbuot xizmati javobida.






