platforma.uzning xabar berishicha, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangan. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, virus juda tez sur`atda tarqalmoqda va yuqumli hisoblanadi.
Mamlakat bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi turi chiqqani tufayli ayrim hududlarda xavflilikning to`rtinchi darajasini joriy etdi.
Buyuk Britaniya bilan ko`plab davlatlar, xususan, Italiya, Niderlandiya, Belgiya parvozlarni to`xtatishga qaror qildi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Daniya va Avstraliyaga ham koronavirusning yangi turi kirib kelganini ma`lum qildi.






