AsosiyJamiyat

Islom taraqqiyot banki O`zbekistondagi 509,2 mln dollarga teng bo`lgan ikkita loyihani moliyalashtirishga qaror qildi

'Islom taraqqiyot banki O`zbekistondagi 509,2 mln dollarga teng bo`lgan ikkita loyihani moliyalashtirishga qaror qildi'ning rasmi

2020 yilning 19 dekabr kuni Islom taraqqiyot banki (ITB) direktorlar Kengashi O`zbekistonda umumiy qiymati 509,2 mln dollarga teng bo`lgan ikkita yirik va iqtisodiy jihatdan ahamiyatli loyihani moliyalashtirishni ma`qulladi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

200 mln dollarlik birinchi loyiha Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bir qator infratuzilmaviy va ijtimoiy ob`ektlarni modernizasiya qilishni ko`zda tutadi.  

 Bank tomonidan 80 mln dollar ajratilayotgan ikkinchi loyiha mahalliy klinikalarni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali saraton kasalligiga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatish tizimini har tomonlama takomillashtirish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirishni ko`zda tutadi.

 

    Boshqa yangiliklar