AsosiyJamiyat

Sovuqdan va ochlikdan o`layotganligi aytilgan Navoiydagi “Hayvonot bog`i”da saqlanayotgan yovvoyi hayvonlar “Toshkent hayvonot bog`i”ga yuborildi

'Sovuqdan va ochlikdan o`layotganligi aytilgan Navoiydagi “Hayvonot bog`i”da saqlanayotgan yovvoyi hayvonlar “Toshkent hayvonot bog`i”ga yuborildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahrida joylashgan «Hayvonot bog`i» muhokamalarga sabab bo`ldi. Ularda aytilishicha, hayvonot bog`ida hayvonlar sovuqdan va ochlikdan o`layotgani haqida xabarlar paydo bo`ldi. 

Davlat ekologiya qo`mitasi axborot xizmati xabar berishicha,  vakolatli tashkilotlar tomonidan o`rganildi ushbu  bog`ida  o`rganish va tekshirish ishlari olib borildi.

Saqlanayotgan jonivorlarning saqlanish hamda sog`ligi o`rganildi. O`rganish davomida qush va hayvonlarning saqlanish sharoitlarida kamchiliklar borligi, ya`ni hayvonlar saqlanadigan qafaslarning kichikligi, hayvonlarning ostiga somon yoki boshqa yumshoq to`shamalar tashlanmaganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish to`g`risida ko`rsatmalar berildi.

Ushbu hayvonlarning saqlanish holatlari o`rganilganda bo`ri 5x4 metr kvadrat, afrika sheri 5x4 metr kvadrat, makkaka maymuni 2x2 metr kvadrat, ukki 3x3 metr kvadrat, tasqaralar 2x2,5 metr kvadrat, burgut 2x2,5 metr kvadrat, nosuxa 2x4,5 metr kvadrat, jayra 2x4,5 metr kvadrat, sorkush 3x3 metr kvadrat, fazan 1,5x2 metr kvadrat temir panjarali qafas (voler)larda saqlanayotganligi aniqlandi. Hamma qafas (voler)larning past qismi betondan bo`lib, somon tashlangan.

Saqlashga ruxsatnomasi yo`q bo`lgan bir bosh bo`ri, bir bosh nosuxa, bir bosh jayra, bir bosh qirg`ovul, ikki bosh qora tasqara, bir bosh burgut, bir bosh ukki, bir bosh kal jurchi (stervyatkik), bir bosh qamish mushuklar  hayvonot bog`i rahbariga ko`rsatib o`tilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf qilguncha vaqtincha saqlash uchun Toshkent shahridagi «Toshkent hayvonot bog`i»ga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar